QOZOQ SHEVALARIDAGI OʻZLASHMA SOʻZLARDA KUZATILADIGAN FONETIK HODISALAR / KAZAK AĞIZLARINDA ALINTI KELİMELERDE GÖRÜLEN SES OLAYLARI

Authors

  • ZH.Ibragimov Author
  • D.Dadashov Author

Keywords:

Qozoq shevalari, oʻzlashma soʻzlar, fonetik oʻzgarish (tovush oʻzgarishi).

Abstract

Boshqa turkiy tillarda boʻlgani kabi oʻzlashma so‘zlar qozoq tilining shakllanishiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Eronning turkiy oʻlkalar bilan geografik yaqinligi forscha soʻzlarning qozoq va boshqa turkiy tillarga ilk davrlardayoq kirib kelishiga zamin yaratgan. Arabcha soʻzlar esa turkiy xalqlarning Islom dinini qabul qilishi natijasida qozoq tili leksikasidan mustahkam oʻrin olgan. Fors tili elementlarining qozoq tilida oʻzlashishi, asosan, oʻzaro savdo, urushlar va siyosiy-diplomatik aloqalar kabi omillar bilan bogʻliq. Vaqt oʻtishi bilan bu oʻzlashmalar qozoq tilining oʻziga xos imlo va talaffuz meʼyorlariga moslashib, tildagi fonetik qoliplarga boʻysundirilgan. Bu moslashuv jarayoni nafaqat arab va fors, balki rus tilidan kirgan soʻzlarning ham qozoq tili grammatikasi va talaffuziga uygʻunlashishini taʼminlagan. Shu sababli, qozoq tilidagi oʻzlashma soʻzlarning ham maʼno, ham tovush tizimida tub oʻzgarishlar koʻzga tashlanadi. Mazkur tadqiqotda qozoq tilining janubiy shevalarida qoʻllaniladigan arab, fors va rus tillariga oid soʻzlarning tilga kirib kelish yoʻllari, ularning til qurilishiga adaptatsiyasi hamda fonetik va semantik oʻzgarishlarining sabablari tahlil qilinadi. Tadqiqot asrlar davomida qoʻshnichilik va ijtimoiy-siyosiy aloqalar natijasida yuzaga kelgan lisoniy taʼsirlarning qozoq tilidagi aksini yoritishga qaratilgan.

Downloads

Published

2026-03-26

Issue

Section

OLTIN BESHIK