OZIQ-OVQAT NOMLARINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Shirinoy Muhsinjonova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti Author

Keywords:

oziq-ovqat leksikasi, tarixiy leksikologiya, turkiy yozma manbalar, semantik taraqqiyot, lingvokulturologik tahlil, qadimgi turkiy til, leksik qatlam, madaniy leksika.

Abstract

Mazkur maqolada turkiy yozma manbalarda uchraydigan oziq-ovqat nomlarining tarixiy rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Mahmud Koshg‘ariy asarlarida qayd etilgan leksik birliklardan boshlab, Alisher Navoiy davri adabiy tilida qo‘llangan oziq-ovqat nomlarigacha bo‘lgan davr qamrab olinadi. Oziq-ovqatga oid leksikaning shakllanishi va semantik o‘zgarishlari til taraqqiyoti bilan bir qatorda xalqning turmush tarzi, madaniyati va xo‘jalik faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida qadimgi turkiy manbalardagi oziq-ovqat nomlari semantik, etimologik va lingvokulturologik jihatdan tahlil qilinib, ularning keyingi davr adabiy tilidagi qo‘llanishi bilan qiyosiy o‘rganildi. Natijada ayrim leksik birliklarning shakl va ma’no jihatidan barqaror saqlanib qolganligi, ayrimlarining esa fonetik, semantik yoki funksional o‘zgarishlarga uchraganligi aniqlandi. Maqolada oziq-ovqat nomlari til tarixining muhim qatlamlaridan biri sifatida baholanib, ular orqali turkiy xalqlarning madaniy-maishiy hayoti va til taraqqiyotining ayrim jihatlarini yoritish mumkinligi ko‘rsatib beriladi.

Downloads

Published

2026-03-26

Issue

Section

TILSHUNOSLIK