YUZ YILLIK TARIXNING BADIIY TALQINI
Keywords:
tarixiy roman, adabiy mistifikatsiya, epik an’ana, motiv, syujet, obraz, badiiy talqin.Abstract
“Yaldo kechasi” romani o‘zbek adabiyotidagi yangilanishlar jarayonining ibtidosidir. Bu muallifning o‘tmishga, voqelikka o‘zgacha munosabatigina emas, balki XXI asr ostonasidagi milliy ruh tovlanishlari, xalqimiz tafakkuridagi evrilish bosqichlari, komillik sarhadlari, yuz yildan oshiq tarixning keng ko‘lamdagi badiiy talqini hamdir. Asar voqelikning epik ko‘lami, o‘ziga xos badiiy tili, tasvir tiniqligi, har bir xarakter va obrazning puxta ishlanganligi bilan ajaralib turadi va hali ko‘plab tadqiqotlarga mavzu bo‘ladi. Maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonning “Yaldo kechasi” romani o‘zining syujet qurilishi, motiv va obrazlar talqini, yuksak badiiyati bilan jahon adabiyoti bilan bo‘ylashadigan namunalardan biri ekani haqida fikr yuritiladi.Downloads
Published
2026-03-26
Issue
Section
ILMIY-ADABIY JARAYON
