HURMAT SHAKLLARI MULOQOT XULQINING O‘ZIGA XOS SHAKLI SIFATIDA
Authors
Sohiba Ataniyazova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktorant
Author
Keywords:
hurmat kategoriyasi, muloqot xulqi, milliy-madaniy qarashlar, inson va jamiyat, qadriyat, rasmiy maqom, odob-axloq mezoni.
Abstract
Hurmat tushunchasi insoniy munosabatlarning asosiy jihati sanalib, u madaniy chegaralar bilan belgilangan omil: har bir madaniy xalqlarning hurmat tushunchasi xalqlarning tarixiy taraqqiyoti, madaniy-ma’rifiy qarashlari, maishiy turmush tarzidan kelib chiqqan holda taraqqiy etadi. Hurmat kategoriyasi inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro uzviylikning yuzaga kelishida asosiy hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bir qarashda hurmat oddiy tushuncha o‘laroq anglashilsa-da, biroq uning asl ma’nosi va ifodasi turli madaniyatlar va ularning milliy-madaniy qadriyatlarida xilma-xillik kasb etadi. Hurmat ifodasi millatlar madaniy turmush tarzida elatlar tomonidan belgilangan me’yorlar hamda qadriyatlar bilan uzviy aloqador tushuncha hisoblanib, uning butun dunyo bo‘ylab turli jamiyatlarda qanday ifodalanishi hamda tushunilishini anglash uchun shaxslarning iyerarxik shajarasi, jamiyat hayotidagi ijtimoiy roli, ayrim hollarda rasmiy maqomi, shuningdek, kishilik madaniyatidagi odob-axloq mezonlarining turli nuqtayi nazardan tushunilishi muhim ahamiyatga ega.
• Print ISSN: 2181-2500 • Online ISSN (E-ISSN): 3093-916X • HAC Resolution: №327/6 (30.11.2022) • Included in the list of scientific publications in philology.
INDEXED IN
• Google Scholar • Crossref (DOI) • HAC Journals Database