“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA MATN VA TASVIR UYG‘UNLIGI
Alisher Navoiy kulliyotining Tehron nusxasi misolida
Authors
Gulabza Qarshiyeva
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Author
https://orcid.org/0009-0004-6114-8970
Alisher Navoiy, “Hayrat ul-abror”, Ibn Abulmakorim al-Hijoziy, Toshkent qo‘lyozmasi, Tehron qo‘lyozmasi (Guliston saroyi), manba, matn, miniatyura, Qazvin sanʼat maktabi, Ibrohim Adham, Faxriddin Roziy
Abstract
Ushbu maqolada XVI asr Buxoro xattotlik maktabining yetakchi namoyandalaridan biri Ibn Abulmakorim Abdulvahhob al-Hijoziy tomonidan 1579–1580-yillarda ko‘chirilgan Alisher Navoiy asarlarining noyob qo‘lyozmalari (Toshkent, inv. №2630 va Tehron, inv. №2191) manbashunoslik, kodikolog va tekstologik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Tehron qo‘lyozmasidagi “Hayrat ul-abror” dostoniga ishlangan miniatyuralar ilk bor ilmiy muomalaga kiritilib, ularning ikonografik xususiyatlari va adabiy matn bilan badiiy-estetik mushtarakligi tahlil etiladi. Shunga ko‘ra, mazkur tasvirlarning XVI asr Qazvin miniatyura maktabiga mansubligi hamda Navoiy merosining Safaviylar davlatida keng ommalashgani manbalar asosida isbotlangan.
• Print ISSN: 2181-2500 • Online ISSN (E-ISSN): 3093-916X • HAC Resolution: №327/6 (30.11.2022) • Included in the list of scientific publications in philology.
INDEXED IN
• Google Scholar • Crossref (DOI) • HAC Journals Database