BAYOZLARDA ALISHER NAVOIY SHE’RIYATIGA YONDASHUV MASALASI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.67822/szt5cy12

Keywords:

Bayoz, she’rdaftar, avtograf, kachkul, Alisher Navoiy, qo‘lyozma manba, Sharqshunoslik instituti, matniy tadqiqot, Qo‘qon adabiy muhiti, adabiy did, germenevtika

Abstract

Ushbu maqolada mumtoz adabiyotshunoslik va matnshunoslikda o‘ziga xos o‘rin tutgan bayozchilik an’anasi, uning ijtimoiy-madaniy tabiati hamda tasnifiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda Y.Is’hoqovning bayozlar tasnifiga oid qarashlari tahlil qilinib, rasmiy va norasmiy bayozlar (she’rdaftar, avtograf, kachkul) ning farqli jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zR FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondidagi 469 ta bayozning lisoniy va statistik tahlili asosida, Alisher Navoiy g‘azallarining ushbu manbalardagi o‘rni va ommalashish dinamikasi aniqlangan. Maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Navoiy she’riyatiga e’tiborning keskin ortishi o‘zbeklashish jarayonlari, Qo‘qon va Xiva adabiy muhiti hukmdorlarining estetik didi hamda temuriylar davri an’analariga bo‘lgan ehtirom gipotezalari orqali asoslangan. Shuningdek, qo‘lyozma bayozlarda eng ko‘p ko‘chirilgan g‘azallar ro‘yxati va ularning shoir ijodiy merosi ikkinchi umrini ta’minlashdagi germenevtik ahamiyati yoritilgan.

Downloads

Published

2026-09-30

Issue

Section

NAVOIY ABADIYATI