SAYFI SAROYI VA ALISHER NAVOIY: ADOLAT VA ZULM MAVZUSINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

DOI:

https://doi.org/10.67822/74t1sn11

Keywords:

Sayfi Saroyi, Alisher Navoiy, Gulistoni bit-turkiy, Hayratul abror, adolat, zulm, shoh va darvesh, qiyosiy adabiyotshunoslik, Or. 1553, tasavvuf va siyosat

Abstract

Ushbu maqolada XIV asr o‘zbek shoiri Sayfi Saroyi tarjimasidagi “Gulistoni bit-turkiy” asari (1392) va XV asr vakili bo‘lgan Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni (1484) hamda “G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi matnlar misolida adolat, zulm va shoh-darvesh munosabatlari mavzusidagi g‘oyalar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot birlamchi manba sifatida Leyden universiteti kutubxonasida saqlanayotgan Or. 1553 qo‘lyozmasiga tayanadi. Maqolaning maqsadi – Sayfi Saroyining Sa’diy Sheroziy “Guliston” asaridan erkin tarjima qilgan 19а–20а-varaqlaridagi hikoyat bilan Navoiy asarlaridagi shu mavzudagi g‘oyaviy umumiylik va tafovutlarni aniqlashdir. Qiyosiy va kontekstual metodlar qo‘llanildi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, ikkala muallif ham: xalqning duosi hukmdorning haqiqiy himoyasi ekanligini; zulm pirovardida hukmdorning o‘z mag‘lubiyatiga sabab bo‘lishini; darvesh va shoh munosabatida ma’naviy hokimiyat siyosiy hokimiyatdan ustun turganligini ta’kidlaydi. Farqli jihat shundaki, Sayfi Saroyi tasavvufiy muhit va hikoyat janrida so‘zlasa, Navoiy ushbu g‘oyalarni keng didaktik-epik tizimga singdirgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Shayx Sa’diy (1258) – Sayfi Saroyi (1392) – Alisher Navoiy (1484) adabiy-falsafiy tafakkur umumiy g‘oyaviy kontekstga mansub bo‘lib, bu davrlar Abbosiylar, Mamluklar va Temuriylar sulolalari siyosiy inqirozlari bilan to‘g‘ri keladi. Turkiy musulmon saltanatlarida adolat va zulm masalasidagi yondashuvlarning bir asrdan ziyod vaqt davomida o‘zgarmay qolishi Islom va tasavvufiy qarashlar bu xalqlar tafakkurida qanchalik mustahkam o‘rnashganligini isbotlaydi.

Downloads

Published

2026-09-30

Issue

Section

NAVOIY ABADIYATI