NAJMIDDIN NASAFIYNING “MATLA’ UN-NUJUM VA MAJMA’ UL-ULUM” ASARI FORSIY NAZM VA NASRNING QADIMIY NAMUNASI

Authors

  • Orif Navshohiy Gordon kolleji professori, Pokiston Author
  • Rahmatjon To‘raqulov O‘zR FA Davlat adabiyot muzeyi doktoranti (tarjimon) Translator

DOI:

https://doi.org/10.67822/6pg01991

Keywords:

Najmiddin Nasafiy, “Matla’ un-nujum va majma ul-ulum”, forsiy adabiyot, forsiy nazm, forsiy nasr, Movarounnahr, islom ilmlari, qo‘lyozma manbalar, o‘rta asr adabiyoti, manbashunoslik

Abstract

“Matla’ un-nujum va majma ul-ulum” islom dunyosi va Movarounnahr diyorida olim, faqih, so‘fiy, adib va shoir sifatida mashhur bo‘lgan Najmiddin Abu Hafz Umar bin Muhammad bin Ahmad Nasafiy Samarqandiyning qalamiga mansub ayni kunga qadar kam o‘rganilgan mo‘tabar manba hisoblanadi. “Maorif” jurnalida bir necha yillar burun Imtiyoz Ali Arshiyning mazkur manba haqidagi maqolasidan boshqa bu xususda hech bir tadqiqot shu kungacha amalga oshirilmadi. “Matla’ un-nujum” asarining kam tadqiq etilishiga sabab asar qo‘lyozmalarining juda kam nusxada saqlanib qolganligi bo‘lishi mumkin. Hozirga qadar ushbu asardan ikki nusxa saqlanib qolgan: biri Hindistonning Rampur shahridagi Rizo kutubxonasida, ikkinchisi, O‘zbekistonning Toshkent shahridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Toshkent nusxasi 2015-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan faksimel shaklida nashr etilgan. Mazkur maqolada mazkur faksimel nashr asosida undagi forsiy matnlar qiziquvchilar uchun tahlil va tadqiq etildi.

Downloads

Published

2026-09-30

Issue

Section

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK