VIRTUAL MAKONDA QADRIYATLAR TIZIMINING SHAKLLANISHI VA DINAMIKASI
Authors
Gavharoy Komilova
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Author
https://orcid.org/0000-0003-4846-2100
Tadqiqot virtual hamjamiyatlarda qadriyatlarning dinamik, moslashuvchan va ko‘p qatlamli tabiati bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganishga qaratilgan. Maqolada, shuningdek, virtual o‘zlik, affektiv munosabatlar, axborot oqimlari va algoritmik medialashuv kabi omillarning qadriyatlarga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu tadqiqot virtual makon ijtimoiy-madaniy munosabatlarning yangi platformasi sifatida undagi qadriyatlar tizimining o‘zgaruvchanligi, ijtimoiylashuvi va diskursda voqelanishini tahlil qilish dolzarbligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari onlayn diskursning baholash o‘lchovlari hamda raqamli jamiyatda dominant qadriyatlarni aniqlashga xizmat qiladi. Internet muloqotining spontanlik xususiyati uning ilmiy tahlil qilish zaruratini keltirib chiqaradi. “Spontan fenomen” deb qaralishiga sabab, virtual aloqa til me’yorlari va muloqot qoidalarining qat’iy qoliplar asosida emas, jonli jarayonda, tartibsiz (xaotik) tarzda shakllanishidir.
• Print ISSN: 2181-2500 • Online ISSN (E-ISSN): 3093-916X • HAC Resolution: №327/6 (30.11.2022) • Included in the list of scientific publications in philology.
INDEXED IN
• Google Scholar • Crossref (DOI) • HAC Journals Database