Birinchi Baku turkologiya qurultoyi, Gʻozi Olim Yunus, turkologiya, o‘zbek tilshunosligi, ilmiy meros, alifbo islohoti, imlo masalalari, turkiy tillar, ilmiy-madaniy aloqalar
Abstract
Birinchi Baku turkologiya qurultoyi XX asr boshlarida turkiy xalqlar ilm-fani, tili, adabiyoti, tarixi va madaniyati taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan yirik ilmiy-ma’rifiy voqealardan biri hisoblanadi. Qurultoy turkiy xalqlar o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlash, turkologiyaning nazariy va amaliy masalalarini muhokama qilish, xususan, alifbo va imlo islohoti, turkiy tillarni o‘rganish va ularning ilmiy asoslarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etgan. Qurultoy ishtirokchilarining hayoti, ilmiy faoliyati va merosini tadqiq etish XX asr boshlaridagi turkologik tafakkurning rivojlanish yo‘nalishlari, turkiy xalqlar o‘rtasidagi ilmiy-madaniy hamkorlik hamda milliy ilm-fanning shakllanish jarayonlarini xolis baholash imkonini beradi. Mazkur maqolada Birinchi Baku turkologiya qurultoyi ishtirokchisi, taniqli o‘zbek tilshunos va turkolog olimi Gʻozi Olim Yunusning ilmiy qarashlari va turkologiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Shuningdek, olimning alifbo va til masalalariga doir yondashuvlari, ilmiy merosining o‘zbek tilshunosligi va turkologiya tarixidagi o‘rni yoritilib, uning ilmiy faoliyatini zamonaviy turkologiya nuqtayi nazaridan o‘rganishning ahamiyati asoslanadi.
• Print ISSN: 2181-2500 • Online ISSN (E-ISSN): 3093-916X • HAC Resolution: №327/6 (30.11.2022) • Included in the list of scientific publications in philology.
INDEXED IN
• Google Scholar • Crossref (DOI) • HAC Journals Database