Yurt sog‘inchi, adabiy ta’sir, lirik ifoda, epik bayon, g‘urbat motivlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, estetik ta’sir
Abstract
Maqolada mumtoz adabiyot tarixida vatan sog‘inchi va g‘urbat mavzusidagi namunalar o‘rganilgan. Xususan, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ona yurtga sog‘inch va ehtiromi, g‘urbat motivlari ifodasi tadqiq etilgan. Bobur garchi Navoiyning g‘urbat va ayriliq haqidagi qarashlarini an’anaviy davom ettirayotgandek tuyulsa-da, ularning ijod namunalari o‘rtasida muayyan farqlar ham bor. Alisher Navoiy ijodi namunalarida mumtoz she’riyatdagi an’analarga muvofiq oshiq va ma’shuq o‘rtasidagi munosabatlar, ularni o‘rtayotgan hijron uqubatlari haqida so‘z borsa, Bobur ijodida aniq tarixiy shaxs, ya’ni Boburning o‘zi lirik qahramon sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, konkret tarixiy shart-sharoit – muallifning haqiqatan ham ona yurtidan judo bo‘lgan holda olislarda abadiy qolib ketishga majburligi, ya’ni hasbi hol xususiyatlar uning she’riyati ta’sir kuchini yanada orttiradi. Shundan kelib chiqib, shoh va shoirning lirik hamda memuar asarlaridagi mavzuga aloqador o‘rinlar tarixiy va badiiy jihatdan tahlilga tortilgan.
• Print ISSN: 2181-2500 • Online ISSN (E-ISSN): 3093-916X • HAC Resolution: №327/6 (30.11.2022) • Included in the list of scientific publications in philology.
INDEXED IN
• Google Scholar • Crossref (DOI) • HAC Journals Database