Mazkur maqola Alisher Navoiy she’riyatida aks etgan dunyo bilan bog‘liq ramzlarning tasavvufiy mohiyati va ularning asarda bajaruvchi badiiy vazifasi tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda “Vaqfiya” asaridan o‘rin olgan “Hamul avloki daf’ aylab alamni” masnaviysi tahlilga tortilib, unda solikning “tajarrud yo‘liga qadam qo‘yishi”dan ma’rifiy kamolotga erishuviga qadar bo‘lgan ruhiy rivojlanishi ramziy-poetik tarzda ifoda etilgani ochib berilgan. Shuningdek, maqolada mazkur masnaviy nafaqat ma’rifiy-estetik qiymatga ega kompozitsiya sifatida, balki Alisher Navoiyning poetik tafakkuri va ma’naviy-ruhiy dunyosini biografik nuqtayi nazardan chuqurroq anglash imkonini beruvchi muhim manba sifatida ham yoritilgan.
• Print ISSN: 2181-2500 • Online ISSN (E-ISSN): 3093-916X • HAC Resolution: №327/6 (30.11.2022) • Included in the list of scientific publications in philology.
INDEXED IN
• Google Scholar • Crossref (DOI) • HAC Journals Database