ALISHER NAVOIY LIRIKASIDAGI AYRIM RAMZLARNING TASAVVUFIY-BADIIY FUNKSIYASI

Mualliflar

  • Shoiraxon Xo‘jayeva Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti, PhD Author

Kalit so‘zlar:

tasavvufiy lirika, ramziy-estetik talqin, ma’rifiy kamolot, ruhiy evolyutsiya, kompozitsion model, axloqiy-falsafiy tafakkur.

Abstrak

Mazkur maqola Alisher Navoiy she’riyatida aks etgan dunyo bilan bog‘liq ramzlarning tasavvufiy mohiyati va ularning asarda bajaruvchi badiiy vazifasi tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda “Vaqfiya” asaridan o‘rin olgan “Hamul avloki daf’ aylab alamni” masnaviysi tahlilga tortilib, unda solikning “tajarrud yo‘liga qadam qo‘yishi”dan ma’rifiy kamolotga erishuviga qadar bo‘lgan ruhiy rivojlanishi ramziy-poetik tarzda ifoda etilgani ochib berilgan. Shuningdek, maqolada mazkur masnaviy nafaqat ma’rifiy-estetik qiymatga ega kompozitsiya sifatida, balki Alisher Navoiyning poetik tafakkuri va ma’naviy-ruhiy dunyosini biografik nuqtayi nazardan chuqurroq anglash imkonini beruvchi muhim manba sifatida ham yoritilgan.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-03-26

Nashr

Bo'lim

NAVOIY ABADIYATI