SA’DULLA TO‘RA – SA’DIY MUSAMMATLARI MANBALARI, MATN XUSUSIYATLARI

Authors

  • Dilnavoz Sattorova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti Author

Keywords:

qo‘lyozma, musammat, muxammas, musaddas, musabba’, murabba’, taxmis, muzdavij, qofiya.

Abstract

XIX asr oxiri XX asr boshlari Xorazm adabiy muhitida g‘azal janri bilan bir qatorda musammat janrida ijod qilish ham o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetgan. Feruz rahnamoligada yetishib chiqqan shoirlar ko‘plab musammat she’rlar yozishgan. XIX asr oxiri XX asr boshlari Xorazm adabiy muhitining yorqin vakillaridan biri – Sa’dulla to‘ra Sa’diy ijodida ham bunday lirik asarlar anchagina. Ularning ayrimlari Navoiy, Ogahiy, Feruz kabi ijodkorlarning g‘azallariga taxmislar tarzida bitilgan. Sa’diy musammatlari ko‘chirilgan manbalarning asosiy qismi O‘zR FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti asosiy fondida 909/2, 7092, 6681/1 raqamli devonlar hamda 1127, 1128, 1133, 1157 raqamli qo‘lyozma bayozlar tarkibida uchraydi. Ushbu maqolada Sa’diy qalamiga mansub musammat she’r shakllari soni, hajmi va badiiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berilgan.

Downloads

Published

2026-03-26

Issue

Section

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK