ILMIY-MA’RIFIY ASARLARNING ADABIYOTDAGI O‘RNI

Authors

  • Rashid Zohidov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Author

Keywords:

aqida ilmi, ilmiy-ma’rifiy asar, adabiy manba, she’riy janr, lug‘atlar.

Abstract

Fundamental tadqiqotlar odatda xarakter xususiyatiga ko‘ra muayyan fan sohasi doirasida chegaralanadi. Jumladan, adabiy manbalar adabiyotshunoslik tizimidagi nazariy, amaliy qonuniyatlar asosida o‘rganiladi. Ammo filologiyaga bevosita aloqasi bo‘lmagan manbalarda ham ba’zan adabiy vositalardan, xususan, she’riy janrrlardan keng foydalaniladi. Aljabr, tabobat, aqida, fiqh ilmiga oid ayrim manba matnlarining nazmiy shaklda ham mavjudligi buning isbotidir. Bu kabi manbalar qaysi soha doirasida tekshirilishi kerak, degan muammo ularning adabiy qimmatini o‘rganishga zarurat tug‘diradi. Maqolada ushbu masalalarga oydinlik kiritildi. Shuningdek, So‘fi Olloyorning aqoid ilmiga mansub “Sabotul ojizin” asarining adabiy manba sifatidagi ahamiyati yoritilgan.

Downloads

Published

2026-03-26

Issue

Section

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK