MAROSIM FOLKLORIDA RANG SIMVOLIKASI

Authors

  • Mohichehra Ro‘ziyeva Buxoro davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori Author

Keywords:

Marosim folklori, rang simvolikasi, shomon marosimlari, badik aytimlari, marosim lirikasi, rang ramzlari, magik tasavvurlar, animizm, totemizm, motam marosimlari, to‘y marosimlari, xalq qo‘shiqlari.

Abstract

Ushbu maqolada marosim folklorida rang simvolikasining o‘rni, uning qadimiy ildizlari va ma’naviy-madaniy mazmuni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ranglarning animistik, totemistik va shomonistik qarashlar bilan bog‘liq holda shakllangan ramziy ma’nolari yoritiladi. Ayniqsa, o‘zbek xalqining shomon marosimlari, badik aytimlari, to‘y va motam marosimlari misolida oq, qora, qizil, ko‘k va sariq ranglarning qo‘llanilishi hamda ularning magik va estetik vazifalari tahlil etilgan. Maqolada ranglar orqali inson hayotining muhim bosqichlari – tug‘ilish, nikoh va o‘lim bilan bog‘liq marosimlardagi ramziy ma’nolar ochib berilgan. Shuningdek, xalq qo‘shiqlari va marosim aytimlarida rang obrazlarining poetik va psixologik vazifalari ham ko‘rsatib o‘tilgan. Ranglarning qurbonlik marosimlari, kasalliklarni davolash bilan bog‘liq aytimlar hamda turli marosim buyumlarida qo‘llanilishi orqali ularning magik ta’sir kuchiga bo‘lgan ishonch ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari rang simvolikasining xalq dunyoqarashi, mifologik tasavvurlari va ijtimoiy tajribasi bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Maqola marosim folkloridagi rang ramzlarining genezisi va funksional xususiyatlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.

Downloads

Published

2026-03-26

Issue

Section

OLTIN BESHIK