Mazkur maqolada qoraqalpoq xalq maqollaridagi “ona” konseptining semantik, lingvokulturologik va kognitiv xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida “ana”, “shеshе”, “apa”, “áje”, “aya” kabi “ona” ma’nosini bildiruvchi birliklarning funksional-semantik maydoni aniqlanib, ularning xalq tafakkuridagi konseptual mazmuni ochib beriladi. Maqollarda ona obrazi nafaqat biologik tushuncha, balki muqaddaslik, mehr-muhabbat timsoli sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari qoraqalpoq xalqining mentaliteti va qadriyatlar tizimini anglashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.