kommunikativ kompetensiya, tarjimon tayyorlash, lingvistik kompetensiya, prag-matik kompetensiya, sotsiolingvistik kompetensiya, madaniyatlararo kommunikatsiya, tarjimonlik kompetensiyasi, pedagogik model, professional kompetensiya, tarjima pedagogikasi.
Аннотация
Mazkur ilmiy maqola tarjimon tayyorlash jarayonida kommunikativ kompeten-siyani shakllantirishning nazariy modelini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi - bo‘lajak tarjimonlarning samarali kasbiy faoliyatini ta’minlovchi kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy komponentlarini aniqlash hamda ularni integrativ yondashuv asosida tizimlashtirish-dan iborat. Tadqiqot metodologiyasi tizimli yondashuv, qiyosiy va sifatli tahlil metodlariga tayangan holda amalga oshirildi. Ish jarayonida kompetensiya nazariyasi, kommunikativ kompetensiya konsepsiyasi hamda tarjimonlik faoliyatining lingvistik va kommunikativ xususiyatlariga oid ilmiy manbalar o‘rganildi. Ushbu tahlillar asosida kommunikativ kompetensiyaning lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik, strategik va madaniyatlararo komponentlari aniqlashtirildi. Mazkur tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan modelning tarjimonlik ta’limi mazmunini takomillashtirishga xizmat qilishi bilan belgilanadi. U bo‘lajak tarjimonlarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda samarali vosita sifatida qo‘llanishi hamda oliy ta’lim tizimida tarjimon tayyorlash jarayonini modernizatsiya qilish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.