HOZIRGI PUNKTUATSION TIZIMNING SHAKLLANISHI VA TADQIQI TARIXI

Авторы

  • Ilhom Nurmurotov Turon universiteti, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Author

Ключевые слова:

punktuatsiya, tinish belgilari, punktema, punktogramma, prosodemografema, grafema, yozma nutq, intonatsiya, qadimgi yozuvlar, turkiy-runik yozuv, uyg‘ur yozuvi, arab yozuvi, ajratish belgilar, semantik funksiya, tarixiy taraqqiyot, o‘zbek punktuatsiyasi.

Аннотация

Mazkur matnda punktuatsiya tushunchasining nazariy asoslari, uning lingvistik mohiyati hamda yozma nutqdagi funksional ahamiyati keng yoritilgan. Tinish belgilarining grafematik tabiatga mansubligi, ularning grammatik, semantik va intonatsion birliklar bilan uzviy aloqasi asoslab beriladi. Shuningdek, punktuatsion tizimning tarixiy shakllanishi, qadimgi yozuvlarda ajratish vositasi sifatida paydo bo‘lishi va keyinchalik murakkab semantik-funksional tizimga aylanish jarayoni tahlil qilinadi. Turli yozuv tizimlari (yunon, xitoy, turkiy-runik, sug‘d, uyg‘ur, arab yozuvlari) misolida tinish belgilarining evolyutsiyasi ko‘rsatib beriladi. Eski o‘zbek yozuvida qo‘llangan ajratish belgilarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning shakliy va funksional jihatlari hamda XIX–XX asrlarda rus va Yevropa punktuatsiyasi ta’sirida zamonaviy tizimning shakllanishi ilmiy asosda bayon etiladi.

Опубликован

2026-03-26

Выпуск

Раздел

TILSHUNOSLIK