ABDUQODIR HAYITMETOVNING O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI TAKOMILIDAGI O‘RNI

Авторы

  • Zarif Quvonov Navoiy davlat universiteti doktoranti, fil.f.f.d (PhD) Author

Ключевые слова:

adabiyotshunoslik, tadqiqot, navoiyshunoslik, matn tahlili, badiiy mahorat, metod, uslub, ilmiy meros.

Аннотация

Maqola Abduqodir Hayitmetovning o‘zbek adabiyotshunosligi rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasini ko‘rsatishga bag‘ishlangan. Abduqodir Hayitmetovning ilmiy merosi yaxlit holda olinadigan bo‘lsa, uning nafaqat navoiyshunoslik, balki, umuman, mumtoz adabiyotning juda ko‘p sohalari bo‘yicha jiddiy izlanishlar olib borgani va samarali ilmiy natijalarga erishgani ayon bo‘ladi. Olim faqat o‘zbek mumtoz adabiyoti muammolari bilan shug‘ullanib qolmay, balki Yaqin va O‘rta Sharq mintaqa adabiyoti namoyandalari haqida ham qator tadqiqotlar yaratdi. Ular hamisha asl manbalarga tayanib yozilgani, muammoga tegishli barcha jihatlar atroflicha qamrab olingani, teran tadqiq va har tomonlama tahlillar asosida nazariy xulosalar chiqarilgani bilan muhim ahamiyat kasb etishi haqida mulohazalar yuritilgan.

Опубликован

2026-03-26

Выпуск

Раздел

FANIMIZ FIDOYILARI