“DEVONI SHAVQIY” QO‘LYOZMASIDAGI “TUG‘RO” SO‘ZINING TALQINLARI

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.67822/bpmcj183

Ключевые слова:

Qo‘lyozma, devonning janriy tarkibi, g‘azal, tug‘ro, muhr, bezakli so‘z, muvashshah, masnu’ g‘azal, na’t, hasb-u hol

Аннотация

Arab, fors, turkiy tillarining bilimdoni Shavqiyning adabiy merosi jamlangan “Devoni Shavqiy”qo‘lyozmasida mumtoz adabiyotimizning eng ko‘p qo‘llaniladigan g‘azal, muxammas va musaddas janriga tegishli asarlar uchraydi. Shavqiyning g‘azallari shakliy va mazmuniy jihatdan ayrimlari na’t, ba’zilari hamd yo‘nalishida yozilganligi tahlillar davomida aniqlandi. Shavqiyning ayrim muvashshah-g‘azallarida yashiringan shaxs ismining harflari ishora so‘zlarda ifodalangan. Muvashshah g‘azallarning maqta’ qismida takrorlanib qo‘llangan tug‘ro so‘zi muallif tomonidan tahlilga tortilgan. Mazkur istiloh ayrim g‘azallarda bezakli so‘z tarzida ta’kidlansa, boshqa baytda muhr ma’nosini ifodalovchi manba o‘rnida kelgan. Tug‘ro so‘zining muvashshah hosil bo‘lishida shoir nazarda tutgan turli ifodalari maqolada baytlardagi shakllari asosida tahlil qilingan.

Опубликован

2026-09-30

Выпуск

Раздел

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK