XXI ASR O‘ZBEK SHE’RIYATIDA JANRIY TRANSFORMATSIYANING POETOLOGIK ASOSLARI: AN’ANA, SINKRETIZM VA METAJANRIYLIK

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.67822/yhsyeg17

Ключевые слова:

XXI asr o‘zbek she’riyati, janr, janriy transformatsiya, janriy gibridlashuv, poetik sinkretizm, metajanriylik, polifoniya, intertekstuallik, germenevtika, poetik subyekt, estetik diversifikatsiya, yangi poetik shakllar, milliy poetik tafakkur

Аннотация

Maqolada XXI asr o‘zbek she’riyatida kuzatilayotgan janriy transformatsiyaning poetologik asoslari, estetik mexanizmlari hamda poetik tafakkur taraqqiyoti bilan bog‘liq jihatlari tadqiq etiladi. Janrning dinamik tabiati M.M.Baxtinning janrni tarixiy xotira va madaniy tajribani saqlovchi, ayni paytda yangilanib boruvchi estetik hodisa sifatida talqin etuvchi nazariy qarashlari asosida yoritiladi. Shuningdek, Y.M. Lotmanning badiiy matnning ko‘pqatlamli semiotik strukturasi, Y.Kristevaning intertekstuallik, H.G.Gadamer va P.Rikyorning germenevtik talqin, T.S.Eliotning an’ana va individual iste’dod munosabati haqidagi konsepsiyalari zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi janriy yangilanishlarni tahlil qilish mezoni sifatida qo‘llanadi. Tadqiqotda qayirma, zarbuldoston, qo‘shsatr, eshsonetlar, uchshoda, qo‘shshoda va shohshoda kabi yangi poetik shakllar janriy transformatsiyaning amaliy ko‘rinishlari sifatida tahlil qilinadi. Mazkur shakllarda milliy poetik an’ana, zamonaviy estetik tafakkur, irfoniy-falsafiy mushohada, intertekstuallik va kompozitsiyaviy eksperimentlarning sintezlashuvi asoslanadi. Natijada janriy transformatsiyani an’anaviy janrlarning oddiy modifikatsiyasi emas, balki janriy paradigmaning ichki qayta qurilishi sifatida baholash taklif etiladi.

Опубликован

2026-09-30

Выпуск

Раздел

TANQID VA TAHLIL