O‘ZBEK EPISTOLYAR NASRIDA MILLIY MENTALITET VA QADRIYATLARNING BADIIY IFODASI
DOI:
https://doi.org/10.67822/rycb4r52Ключевые слова:
epistolyar janr, epistolyar nasr, maktub, elektron xat, sms, ijtimoiy tarmoq, milliy mentalitet, milliy qadriyat, psixologizm, maktub poetikasiАннотация
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek epistolyar nasrining milliy mentalitet va qadriyatlarni ifodalash imkoniyatlari bir qator o‘zbek roman va qissalari misolida tahlil qilinadi. Ular jumlasiga Iqbol Mirzoning “Bonu” romani, Xurshid Do‘stmuhammadning “Hijronim mingdir mening” qissasi, Abduqahhor Ibrohimovning “Uyqu kelmas kechalar”, Maqsud Qoriyevning “Oydin kechalar” romani, O‘lmas Umarbekovning “Qizimga” qissalarini keltirish mumkin. Epistolyar shaklning badiiy tabiati, maktubning shaxsiy kechinmalarni ochish, milliy-axloqiy qarashlarni ifodalash va qahramonning ichki “men”ini namoyon etishdagi funksiyalari yoritiladi. O‘zbek epistolyar an’anasida maktubning jamoaviy mas’uliyat, kattaga hurmat, odob, maslahat, sadoqat, qarindoshlik va ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish kabi qadriyatlarni ifodalash vositasi sifatida poetik vazifa bajaradi. Tadqiqotda “Bonu” romanining zamonaviy kommunikativ vosita – Telegram orqali yozilgan maktublarga qurilgani, “Hijronim mingdir mening” qissasida esa maktubning oshiq va ma’shuqa o‘rtasidagi ruhiy-kommunikativ ko‘prik vazifasini bajarishi, Abduqahhor Ibrohimovning “Uyqu kelmas kechalar romanida oila munosabatlari, sevgi, qadriyatlar yoritilsa, O‘lmas Umarbekovning “Qizimga maktublar” qissasida oila munosabatlari bilan bir qatorda otaning farzandga nasihatlari ifodalab beriladi. Asarlarda oila, muhabbat, sadoqat, hayo, or-nomus, sabr, poklik, inson qadrini anglash kabi qadriyatlarning epistolyar nutq orqali ifodalanishi tahlil qilinadi.Загрузки
Опубликован
2026-09-30
Выпуск
Раздел
TANQID VA TAHLIL