AYYUB SHE’RIYATIDAGI BA’ZI IJTIMOIY MASALALAR

Mualliflar

  • Boqijon To‘xliyev Author
  • Zebiniso Qurbanboyeva Author

Kalit so‘zlar:

Ayyub, chig‘atoy adabiyoti, muxammas, marsiya, motam lirikasi, avtobiografik motiv, farzand yo‘qotish fojiasi, poetik san’atlar, mumtoz she’riyat.

Abstrak

Mazkur maqolada turkiy shoir Ayyub ijodining muhim namunasi bo‘lgan muxammas janridagi marsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda adibning yagona farzandi Sobirning bevaqt vafoti bilan bog‘liq avtobiografik holatlar she’riy matn asosida ochib beriladi. Muxammas bandlarining mazmuniy-kompozitsion tuzilishi, poetik san’atlar tizimi, qofiya va radiflarning badiiy vazifasi ilmiy jihatdan yoritiladi. Asarda motam, alam, hijron, bevaqt o‘limdan shikoyat singari mavzular Ayyub lirikasining yetakchi g‘oyaviy-estetik mezoni sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, marsiya janrining fors-tojik va turkiy adabiyotdagi tarixiy ildizlari, ularning Ayyub ijodi bilan uzviy aloqasi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Ayyub shaxsiy fojiasining she’riy ifodasi uning ijodini ijtimoiy-estetik jihatdan yuksak darajaga ko‘targanini asoslashga xizmat qiladi.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-03-26

Nashr

Bo'lim

TANQID VA TAHLIL