Ushbu maqolada mintaqalararo keng tarqalgan Shayx San’on qissasining genezisi haqida so‘z boradi. Bunda har qanday badiiy asar, ayniqsa, sayyor syujetli asarlarning paydo bo‘lish sabablari, undagi joy nomlari va timsollarning kelib chiqishi, ularning manba va manshaalari xususida fikr yuritilgan. Turli manbalar asosida bu asarning o‘z tarixi borligi ko‘rib chiqilgan. Shayx San’onning tarixiy shaxs yoki afsonaviy siymo ekanligi yuzasidan fikr bildirilgan.