MUTRIBIY SAMARQANDIYNING “TAZKIRAT USH-SHUARO” TAZKIRASIDA MUALLIF ADABIY-TANQIDIY QARASHLARINING AKS ETISHI

Mualliflar

  • Orzigul Hamroyeva Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, filologiya fanlari doktori, professor Author

Kalit so‘zlar:

majmua, tazkira, adabiyotshunoslik, badiiyat ilmi, poetika, obraz.

Abstrak

XVI-XIX asr adabiyoti turkiy adabiyotning taraqqiyot davri deb hisoblangan XV asr adabiyotidagi janr, tuzilish, obrazlar tizimi an’analarini davom ettirdi. Bu jarayon adabiyotshunoslik tarixida ham ko‘zga tashlanadi. Demak, XVI-XIX asrlardagi adabiy jarayon an’anaviylik, adabiy ta’sir natijasida shakllandi. Garchi bu davr adabiyoti o‘zidan oldingi adabiy jarayonning ta’siri natijasida vujudga kelgan bo‘lsa-da, bir qancha xususiyatlari bilan o‘zidan oldingi adabiy jarayondan farqlanadi. Adabiy jarayondagi o‘zgarish, yangilanishlar Mutribiy Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” asarida yaqqol aks etgan. Maqolada muallifning tahlil tamoyillarining aks etishi masalasi tadqiq etiladi.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-03-26

Nashr

Bo'lim

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK