UBAYDIY “KULLIYOT”I TARKIBIDAGI FORSIY DEVONINING MATNIY-QIYOSIY TADQIQI

Mualliflar

  • Rahmatjon To‘raqulov O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi tayanch-doktoranti Author

Kalit so‘zlar:

Ubaydullaxon, devon, manba, matn, g‘azal, ruboiy, tasavvuf, jumla, tadqiqot.

Abstrak

Ubaydullaxon XV asr o‘zbek davlatchiligi va ma’naviy hayotida alohida o‘ringa ega bo‘lgan shayboniyzoda hukmdordir. U o‘zbek xalqi milliy merosiga ham moddiyan ham ma’nan katta hissa qo‘shdi. Uning zamona ilmiga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan. Mazkur asarlar ichida Ubaydullaxonning forsiy devoni betakror badiiyatni o‘zida mujassam etgani bilan ajralib turadi. Unga tegishli forscha she’rlar asosida tartiblangan devon O‘zR FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida 8931 raqami ostida saqlanib kelayotgan manba bo‘lib, uni matniy va manbaviy tadqiq etish zullisonayn o‘zbek ijodkorlari ijodining mazmuniy va badiiy ko‘lami, XV asr kitobat san’ati, uning tendensiyalari haqida xabardor qiladi. Mazkur maqolada Ubaydullaxonning ma’naviy merosimizga qo‘shgan hissasi va forsiy devonining matniy tadqiqi haqida mulohazalar yuritilgan.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-03-26

Nashr

Bo'lim

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK