Nasiba Jo‘raqulova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, PhD
Author
Kalit so‘zlar:
obraz, davr, siyosiy tuzum, turkiylar, er, eran, she’riyat, kishan, ozodlik, najot, tahlika.
Abstrak
Ma’lumki, yurtimizda mustamlakachilik siyosati millatning qadriyatlari, ma’naviy qiyofasi hamda axloqiy me’yorlariga ta’sir o‘tkazish orqali olib borilgan. Albatta, bu yo‘lda eng asosiy qadam badiiy adabiyotni to‘la ijtimoiylashtirish, xalqni tarixiy haqiqatlardan mosuvo qilish edi. Shu bois XX asr adabiyotida siyosiy tuzum ta’siri bir qadar aks etgan, biroq hurriyat ilinjida yashab, o‘z vijdoniga qarshi bormagan shoirlar ham yetarliki, bu davr she’riyatining bor bo‘y-basti ular orqali belgilanadi. Er, eran obrazi mana shu turkum ijodkorlar baytlarida erk himoyachisi, el-yurt xaloskori, avlodlar posboni o‘laroq tasvirlandi. Xossatan, turkiylar nomi er, eran timsoli bilan tasavvur qilindiki, bu ham o‘ziga xos tamoyillardan biri edi. Maqolada obrazning davr va tafakkur doirasidagi ahamiyati hamda badiiy an’anaga izdoshlik masalalari tahlilga tortilgan.