Ravshanbek Egamberdiyev
Guliston davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Author
Kalit so‘zlar:
o‘zbek modern she’riyati, ko‘ngilga murojaat, metofora, badiiy tasavvur, badiiy tafakkur, ramz va timsol.
Abstrak
Ushbu maqolada o‘zbek modern she’riyatining yorqin vakili Go‘zal Begimning o‘z ko‘ngliga murojaat tarzida bitilgan “Mening lola ko‘nglim” she’ri tahlil etilgan. Tadqiqotda she’rni xalq og‘zaki ijodidagi murojaat qo‘shiqlar an’anasi bilan bog‘lab, uni shoiraning o‘z qalbiga yo‘naltirilgan hissiy maktub va ichki monolog sifatida tasvirlangan. She’r ijodkorning o‘zi bilan o‘zining yuzma-yuz uchrashuvi va suhbatlashuvi deb baholangan.