ZIYOVUDDIN MAKKIY XORAZMIYNING “KIFAYATU-N-NAHV FI ILMI-L-E’RAB” ASARINING ILMIY AHAMIYATI

Mualliflar

  • Mansur Jumaniyazov Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti stajyor-o‘qituvchisi Author

DOI:

https://doi.org/10.67822/gxwx5g32

Kalit so‘zlar:

Ziyovuddin Makkiy Xorazmiy, Kifayatu-n-nahv fi ilmi-l-e’rab, arab nahvi, e’rob, Zamaxshariy, Basra maktabi, Kufa maktabi, qo‘lyozma, grammatik dalillash, matnshunoslik

Abstrak

Maqolada Ziyovuddin Makkiy Xorazmiyning “Kifayatu-n-nahv fi ilmi-l-e’rab” asari arab nahvshunosligi tarixida tutgan o‘rni, ilmiy-metodologik xususiyatlari va ta’limiy ahamiyati tahlil qilinadi. Asarning Zamaxshariy ilmiy maktabi bilan aloqasi, grammatik materialni ismlar, fe’llar va harflar bo‘yicha tizimlashtirish usuli, Qur’on, hadis, arab she’riyati hamda Basra va Kufa maktablari qarashlaridan foydalanish tamoyillari yoritiladi. Bibliografik manbalar, qo‘lyozma nusxalari va zamonaviy tadqiqotlar qiyosiy-tavsifiy metod asosida o‘rganilib, asarning mustaqil ilmiy manba, ixcham o‘quv qo‘llanma va keyingi nahviy tadqiqotlar uchun muhim manba ekani asoslanadi.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-09-30

Nashr

Bo'lim

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK