SULAYMON CHALABIYNING “VASILATU-N-NAJOT” ASARI MATNIY XUSUSIYATLARI

1990-yil nashri asosida

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67822/rtbb8y56

Kalit so‘zlar:

Sulaymon Chalabiy, Vasilatu-n-najot, Mavlid, Faruk Kadri Timurtaş, Eski Anadolu turkiy tili, matnshunoslik, tasahhih, qo‘lyozma

Abstrak

Mazkur maqolada XIV – XV asrlar turkiy adabiyotining nodir namunasi, mutasavvuf shoir Sulaymon Chalabiy qalamiga mansub “Vasilatu-n-najot” (Najot vositasi) asarining matniy va lisoniy xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida asarning taniqli turk matnshunos olimi Prof. Dr. Faruk Kadri Timurtaş tomonidan tayyorlangan va 1990-yilda qayta chop etilgan nashri tanlangan. Maqolada ushbu nashrning tarkibiy tuzilishi, undagi “Eski va asl matn” hamda “Yangi o‘zgartirilgan matn” (Mavlid) qatlamlari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, muqaddam amalga oshirilgan ilmiy nashrlarda yo‘l qo‘yilgan va so‘z ma’nosini jiddiy o‘zgartirib yuborgan lisoniy xatoliklar aniq misollar yordamida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola so‘nggida muallif ixtiyorida bo‘lgan o‘rganilmagan yangi qo‘lyozma nusxa bilan bog‘liq kelgusi tadqiqot rejalari bayon etilgan.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-09-30

Nashr

Bo'lim

MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIK