ANTROPONIMLARGA TARIXIY YONDASHUV: “NUSRATNOMA” ASARI MISOLIDA
Mualliflar
Mavludaxon Musinjanova
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani MMTB tasarrufidagi 65-IDUM ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
Author
https://orcid.org/0009-0002-9075-2347
antroponimika, “Nusratnoma”, Shayboniylar, tarixiy onomastika, etnik qatlam, turkiy ismlar, shajara, lisoniy manzara
Abstrak
Ushbu maqolada XVI asr boshlari tarixnavisligining noyob namunasi bo‘lgan “Tavorixi guzida – Nusratnoma” asaridagi antroponimlar tizimi tarixiy va lisoniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Muallif kishi ismlarini shunchaki nomlash vositasi emas, balki davrning ijtimoiy-siyosiy manzarasi, etnik qatlamlari va mafkuraviy o‘zgarishlarini o‘zida muhrlagan “jonli” manba sifatida tadqiq etadi. Maqolada asardagi turkiy, mo‘g‘ulcha va islomiy ismlarning o‘zaro nisbati xolis yondashuvlar asosida yoritib berilgan.