JADID DAVRI ADABIYOTSHUNOSLIGI: ANQABOY XUDOYBAXTOV ADABIY-ILMIY MEROSI
Mualliflar
Sanobar To‘laganova
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori (DSc)
Author
https://orcid.org/0009-0005-2734-8925
jadid adabiyotshunosligi, Anqaboy Xudoybaxtov, “Fahrisat...”, ijodkorlik nazariyasi, nafis adabiyot, adabiy oqimlar, qatag‘on davri, tarixiy-biografik
Abstrak
Mazkur maqolada jadid davri adabiyotshunosligining kam o‘rganilgan namoyandalaridan biri – jurnalist, yozuvchi va adabiyotshunos Anqaboy Xudoybaxtov (1905–1938) ijodiy merosi tarixiy-biografik, tarixiy-genetik metodlar uyg‘unligida tahlil qilinadi. Uning “Fahrisat yoxud xabar, maqola, she’r va hikoya yozish yo‘llari” (1927) asari asosida ijodkorlik nazariyasi, publisistik janrlar, she’riy oqimlar va hikoya poetikasi haqidagi qarashlari yoritiladi, shuningdek uning fojiali taqdiri va merosining keyingi o‘rganilish jarayoni ko‘rib chiqiladi.