ALI RAHIM HAMDA AZIZ UBAYDULLINNING “TATAR ADABIYOTI TARIXI” (QOZON, 1922-1925) KITOBI XUSUSIDA MULOHAZALAR

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.67822/cvn4z395

Kalit so‘zlar:

Idil-Ural tatarlari, tatar adabiyoti, jadidchilik, adabiyot tarixi, adabiyot darsliklari, Ali Rahim, Aziz Ubaydullin

Abstrak

Jadidchilik harakati Idil-Ural tatarlari orasida Turkiston jadidligiga nisbatan erta kurtak yozdi. Bu hududlarda milliy matbuot, milliy ta’lim, milliy adabiyot, teatrni yo‘lga qo‘yishda G‘arb va Sharq an’analari sintezlashdi. Tatar oydinlari yangi usul maktablari uchun turli dastur hamda darsliklar hozirlashga kirishar ekanlar, bu jarayon bevosita o‘lka milliy tarixi, jug‘rofiyasi, madaniyati, adabiyotshunosligi yaratilishining ham debochasi bo‘ldi. Ushbu maqolada tatar adabiyoti tarixiga doir ilk tadqiqot mualliflari Ali Rahim (1892-1943) hamda Aziz Ubaydullin (1887-1938) tarafidan hozirlangan “Tatar adabiyoti tarixi” kitobi va uning turkiy xalqlar adabiyoti tarixidagi o‘rni haqida so‘z boradi.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-09-30

Nashr

Bo'lim

JADID ADABIYOTI