Uvaysiy, Qoʻqon adabiy muhiti, qoʻlyozma manbalari, matnshunoslik, matniy-qiyosiy tahlil, adabiy meros, badiiy mahorat, Amir Umarxon, Nodira, oʻzbek adabiyoti
Abstrak
Ushbu maqolada Qoʻqon adabiy muhitining Uvaysiy adabiy merosi va badiiy mahoratining shakllanishiga koʻrsatgan ta’siri tadqiq etiladi. Unda shoiraning ijodiy kamolotini belgilagan tarixiy va adabiy omillar, shuningdek, Amir Umarxon va Nodiraning adabiyot taraqqiyotini qoʻllab-quvvatlashdagi oʻrni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qoʻqon adabiy maktabining oʻzbek adabiyoti rivojidagi ahamiyati ham yoritiladi. Shuningdek, Uvaysiy asarlarini oʻrganishda qoʻlyozma manbalari hamda matniy-qiyosiy tahlilning muhim oʻrni ochib beriladi va uning boy adabiy merosini asrash hamda chuqur tadqiq etish zarurligi ta’kidlanadi.