MIRTEMIR QO‘LYOZMALARINING ARXIVLARDA SAQLANISHI VA UMUMIY TAVSIFI
DOI:
https://doi.org/10.67822/6ydd6k79Kalit so‘zlar:
Mirtemir, qo‘lyozma, matnshunoslik, manbashunoslik, she’rlar, maktub, pyesa, siyosat, zamon, ijtimoiy hayot, arxivAbstrak
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir asarlarining qo‘lyozmalari, ularning Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanishi, holati va umumiy tavsifi xususida so‘z boradi. Ta’kidlash joiz, Mirtemir asarlarining hamma qo‘lyozmalari ham saqlanib qolmagan. Masalan, qirg‘iz xalqining “Manas” eposining o‘zbekcha tarjimasi qo‘lyozmalari ma’lum sabablarga ko‘ra yo‘qolgan. Biroq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining “Shoir va yozuvchilar arxivi”da Mirtemirning matniy-qiyosiy tadqiqotlar uchun yetarli darajada bir qancha qo‘lyozmalari saqlanmoqda. Mazkur qo‘lyozma manbalar matnshunos tadqiqotchilarni kutib turibdi. O‘rni kelganda aytish lozim, shu kunga qadar Mirtemir qo‘lyozmalari matniy-qiyosiy tadqiq etilmagan. Ushbu maqolada ana shu qo‘lyozmalar xususida to‘xtalib o‘tamiz.Yuklashlar
Nashr qilingan
2026-09-30
Nashr
Bo'lim
MANBALAR XAZINASIDAN