XX АSR BOSHIDА OʻZBEKISTONDА АLIFBO ISLOHOTI VА FOLKLOR NАMUNАLАRINI NАSHR ETISH MАSАLАLАRI

Mualliflar

  • Jabbor Eshonqulov filologiya fanlari doktori, professor Author

Kalit so‘zlar:

Birinchi Boku Turkologiya qurultoyi, alifbo islohoti, xalq ogʻzaki ijodining oʻziga xos xususiyatlari, xalq ijodi namunalarini yozib olish va nashr etish masalalari.

Abstrak

Bokuda boʻlib oʻtgan birinchi Turkologiya qurultoyining bu yil yuz yilligi nishonlanmoqda. Bu qurultoy turkologiya tarixida oʻziga xos iz qoldirdi. Qurultoyda faqatgina til, yagona alifboga oʻtish masalasi kun tartibiga qoʻyilgani yoʻq. Turkiy xalqlarning tili, folklori, tarixi, madaniyati va yozma adabiyoti bilan bogʻliq muammolar ham yaxlitlikda olib qaralishni taqoza etardi. Garchand, shoʻro siyosatchilarining asl maqsadlari boshqa boʻlsada, bu qurultoyda koʻtarilgan masalalar haligacha oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Boku qurultoyidan soʻng Oʻzbekistonda ham alifbo islohoti amalga oshirildi. Bu islohot boshqa sohalar qatori oʻzbek folklorshunosligida oʻziga xos ahamiyatga ega. Chunki, xalq ijodining koʻplab namunalari jonli ijro holatida yangi alifboda yozib olingan. Mazkur maqolada XX asr boshidagi alifbo islohoti va folklor namunalarini yozib olish, nashr etish bilan bogʻliq masalalar tahlil etiladi.

Yuklashlar

Nashr qilingan

2026-03-26

Nashr

Bo'lim

OLTIN BESHIK